“NAVOIY-INTELLEKT” MChJ
“NAVOIY-INTELLEKT” MChJ 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining amaldagi talablariga javob beradigan sanoat xavfsizligi sohasida professional ekspert tashkilotini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan. Kompaniya mamlakatda sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan.

Bugungi kunda NAVOIY-INTELLEKT O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan 2021-yil 28-mayda berilgan ET-004-sonli akkreditatsiya guvohnomasiga ega bo‘lgan akkreditatsiyalangan mustaqil ekspert tashkilotidir (oldingi akkreditatsiyalar 2016-yil 17-may va 29,21-aprelga to‘g‘ri keladi).

Korxona mustaqil, hech qanday yuqori tashkilotlarga bo‘ysunmagan holda faoliyat yuritadi va o‘z faoliyatini to‘liq xo‘jalik hisobi, o‘zini-o‘zi ta’minlash va o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tamoyillari asosida quradi.
Made on
Tilda